
Aleksandr Usik uchun kerakli raqib kim? Uch karra jahon chempioni javob berdi
Yarim og‘ir vaznda uch karra jahon chempioni Sergey Kovalyov ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik Daniel Dyubua bilan revansh jangini o‘tkazishi kerakligini aytdi.
“Birinchi jang juda g‘alati o‘tganiga qaramay, ayni paytda Usik va Dyubua o‘rtasidagi revanshni bajonidil tomosha qilgan bo‘lardim” – dedi Kovalyov "SecondsOut" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik va Dyubua o‘rtasidagi jang 2023 yil Polshada bo‘lib o‘tgan va unda ukrainalik to‘qqizinchi raundda nokaut evaziga g‘alabasi qozongan edi.
Fikrlar