Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Aleksandr Usikka qaysi davlatlar fuqaroligini o‘zgartirish taklifini bergan?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Usik unga fuqaroligini o‘zgartirishni taklif qilgan davlatlarni sanab o‘tdi

Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik unga fuqaroligini o‘zgartirishni taklif qilgan davlatlarni sanab o‘tdi.

“Bu taklifni faqat ruslar qilishmagan. Bu bir yil oldin emas, bu havaskor boksdalik paytimdayoq bo‘lgan edi. Turkiya, Ozarbayjon va Irlandiya taklif bilan chiqishgan”, — dedi Usik Video NV You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr(22-0, 14 KO) o‘zining so‘nggi jangida britaniyalik Tayson Fyuri(34-1-1, 24 KO) bilan uchrashdi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda ukrainalikning qo‘li baland keldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q