Aleksandr Xomyakov: "Jamoa kuchayishga muxtoj"

  • 10 iyul, 2021, 00:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
CHERY AUTO

“Mash’al” klubi Qarshida “Nasaf”ga kichik hisobda yutqazganidan so‘ng, muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Bizni bu o‘yinda nima kutayotganini oldindan bilardik. Uchrashuvga imkon qadar tayyorgarlik ko‘rdik. Nima bo‘lganda ham yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ularning barchasi harakat qilishdi. Rejadan kelib chiqqan holda tartibli o‘ynashga intilishdi. Bergan ko‘rsatmalarimni bajarishga harakat qildilar. Lekin urinishlarimiz yaxshi chiqmadi. Keskin hujumlar uyushtirishga urindik. Biroq buni uddalay olmadik. Hujumda muammolarimiz bo‘ldi. Umuman olganda, maydonda munosib ko‘rindik. Shunday ekan, o‘z yo‘limizda davom etamiz.

- “Nasaf” o‘rtani bo‘sh qo‘ygandek ko‘rindi, har holda bizga shunday tuyuldi.

- Negadir “Nasaf” bugun bo‘sh ko‘rindi. Ammo “Mash’al” nimagadir vaziyatlardan foydalana olmadi. To‘g‘ri, bo‘sh hududlar qaerlarda bo‘lishini bilardik. Yomon o‘ynadik deya olmayman. Ayrim hollarda qiyinchiliklar tug‘dirdik. Lekin himoyadan hujumga o‘tishimiz yaxshi chiqmadi. Keskinlik etishmadi.

- Transfer oynasi ochildi. Bu borada “Mash’al”da qandaydir rejalar bormi?

- Ha, bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Albatta, jamoa kuchayishga muxtoj. Shuning uchun tarkibni kuchaytirishni xohlagan bo‘lardim. Chunki jamoaga ochkolar va g‘alabalar etishmayapti. Kerakli miqdorda ochkolarni jamg‘ara olmayapmiz. Vaziyatdan kelib chiqqan holda harakat qilamiz.

- Babayanning qaytishini qanday baholaysiz?

- Bu savol menga emas. O‘zi qaerga qaytyapti?

- “Navbahor”ga.

- Umuman olganda, u ancha kuchli mutaxassis. Menimcha, uning qaytishi o‘zbek futbolini kuchaytiradi. Ishga qancha tez qaytsa, shuncha tez samarasini beradi. O‘zbekistondagi nufuzli murabbiylardan biri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!