
Aleksey Evstafeev: "2 ta penaltidan foydalana olmadik, nima uchun bunday bo‘lganiga o‘zim ham hayronman"
Pro liga 2-tur “G‘ijduvon” — “Sho‘rtan” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Eng asosiysi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Himoyalanishda ham xatolarga yo‘l qo‘ydi. Rostini aytsam, penaltini amalga oshirishda katta bosim bo‘ladi. Ikkita penaltidan foydalana olmadik. Nima uchun bunday bo‘lganiga o‘zim ham hayronman.
Xo‘sh, raqib... Raqib o‘z uyida o‘ynadi. Ular yaxshi harakat qilishdi va qarshi hujumda gol urishga erishishdi. Uchrashuv oxirida bizga omad kulib boqdi. Bellashuv so‘nggida ikkinchi golimizni kiritdik va g‘alaba qozondik. “G‘ijduvon”ga qarshi bellashuv oson bo‘lmasligini bilar edik va shunga tayyorlangandik.
Pro ligada birinchi bor murabbiy bo‘lib ishlayapman. Bu bellashuv pro liga musobaqasida bizning ikkinchi o‘yinimiz. Xo‘sh, men barcha jamoalar haqida gapira olmayman, chunki faqat “Qo‘qon-1912” jamoasining o‘yinini ko‘rdim, yaxshi jamoa. Ularda futbolchilar tanlovi bor. “Dinamo” va “Mash’al”ning ham o‘yinlarini ko‘rdim. Bu ikkita jamoada ham yaxshi futbolchilar jamlangan. Qolganlari to‘g‘risida hozircha hech narsa deya olmayman”.
“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar