Ali Abdel-Aziz: "Usman Nurmagomedov Pol Xyuzni yanchib tashlaydi!"
"Dominance MMA Management" agentligi asoschisi va PFL chempioni Usman Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz irlandiyalik Pol Xyuzning keskin bayonotlariga javob berdi.
“Rostini aytaman — Usman Polga qarshi jangdan 4 hafta oldin jarohat olgandi. Shunga qaramay, u g‘alaba qozondi. Xyuz— hech kim. U faqat Nurmagomedov va mening ismimdan foydalanib, o‘zini ahamiyatli qilib ko‘rsatmoqchi. Umuman odamlar unga qiziqmaydi. Usman esa doim jim turadi va 3 oktyabr kuni Polni yanchib tashlaydi”, — dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o‘tamiz, Usman (19-0-1 N/C) va Xyuz (18-3) o‘rtasidagi revansh 3 oktyabr kuni "PFL Champions Series: Road to Dubai" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar