Alisher Pak Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi!
Toshkent-2026 XV yoshlar Jahon chempionatining dastlabki kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalga ega chiqdi. Jamoamizning +78 kg vazn toifasidagi vakili Alisher Pak o‘zining ishonchli chiqishi orqali musobaqaning final bosqichiga qadar yetib keldi.
Hal qiluvchi jangda Alisherga Koreya Respublikasi vakili Yeom Simok raqiblik qildi. Shiddatli bahsda taekvondo vatani sharafini himoya qiluvchi Yeom Simokning qo‘li baland keldi.
Shunday bo‘lsa-da, yosh sportchimiz Alisher Pak Toshkent mezbonligidagi dunyo birinchiligida terma jamoamizning ilk medaliga mualliflik qildi. Dastlabki kun yakuniga ko‘ra, hisobimizda kumush medali mavjud.

Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar