
Alize Korneni kim to‘xtatadi?
“Qatar Total Open – 2018” turnirining birinchi davrasida frantsiyalik Alize Korne va estoniyalik Anett Kontaveyt o‘zaro bahslashdi.
Qatarda o‘tgan ushbu uchrashuvda Korne birinchi setda 6:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi setda bor yo‘g‘i bitta geymni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Alize ikkinchi davrada chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar