Alkantara: "Kloppda energiya, Gvardiolada nazorat bor"

  • 28.03.2026 17:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul", "Bavariya" va "Barselona"ning sobiq futbolchisi Tyago Alkantara murabbiylar Yurgen Klopp va Pep Gvardiola bilan ishlash tajribasi haqida so‘zlab berdi.

"Yurgen davrida asosiy urg‘u energiyaga, Pep davrida esa nazoratga berilardi. Jarima maydonchasiga yetib borguncha qoidalarga rioya qilinardi, shundan so‘ng esa erkinlik berilardi. 

Klopp bilan esa hammasi butunlay boshqacha: "Tartibsizlik ichida o‘zimni qulay his qilishni istayman". Bizda jismonan baquvvat jamoa bor edi, biz oldinga, hujumga, vertikal uzatmalar bilan o‘ynashni, jamoa imkon qadar g‘ayratli harakat qilishini xohlar edik. Bu boradagi ustunligimiz to‘p yo‘qotilgan zahoti pressingga o‘tishimiz edi. Bu hayotimda ilgari hech qachon bunchalik tez sodir bo‘lmagan. To‘pni yo‘qotishimiz bilan darhol tuzoq qo‘yardik", – dedi Alkantara.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!