Allegri Ronalduni ketkazib, “Yuve”ga 7 nafar futbolchini olib keladi

  • 07.06.2021 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” bosh murabbiyi etib tayinlangan Massimiliano Allegri ishni tarkibnio‘ziga moslashtirishdan boshladi.

53 yoshli mutaxassis kuchli chempionatlardan ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilarni Turinga taklif etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Allegri yangi jamoasida PSJ hujumchisi Mauro Ikardi va “Fiorentina” vakili Dushan Vlaxovichni ko‘rmoqchi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis ro‘yxati “Marsel”da o‘ynayotgan Arkadiush Milik va “Barselona” kutayotgan Memfis Depay ham bor.

Allegri maydon markazida “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba, “Barselona”da o‘zini ko‘rsata olmagan Miralem Pyanich, “Sassuolo” etakchisi Manuel Lokatellini o‘ynatmoqchi.

Shuningdek, klub rahbariyati bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshqa transferlarga pul ajratishi va jamoa to‘purari Krishtianu Ronaldu sotib yuborishga ham tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!