Alonso bir yulduzning “Real”dagi kelajagiga nuqta qo‘ydi
“Real”ni qabul qilib olgan Xabi Alonso sekin-asta jamoa o‘yinchilarini sinovdan o‘tkazish orqali o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos tarkib shakllantirib bormoqda.
Ok Diario nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis “Qirollik klubi” akademiyasida tarbiyalangan yana bir o‘yinchidan voz kechishga qaror qildi.
Xabi Alonso uch himoyachi bilan o‘ynashni ma’qul ko‘rmoqda. Bu tizimda himoyachi Raul Asensioning harakatlari murabbiyni qoniqtirgani yo‘q. Asensioning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida namoyish qilgan o‘yini Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabiga yoqmadi.
Shu sababli Xabi Alonso Raulni yangi mavsumda asosiy tarkibga kiritmaslikka qaror qildi.
Ikkinchi planga o‘tib qolgan Raul Asensioning Madriddagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda. Agar “Qirollik klubi” o‘zi rejalashtirganidan “Liverpul”dan Ibrohim Konateni olishni uddalasa, Asensioga jamoa joy qolmaydi.
Fikrlar