
Alonso: "Chuqur himoyaga duch kelganda, uzoqdan ham zarba berish kerak"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 5-turida "Espanol"ga qarshi o‘yindan (2:0) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz jiddiylik va barqarorlik bilan o‘ynadik. Balki hujumning yakuniy bosqichida yorqin harakatlar etishmagan bo‘lishi mumkin, lekin jamoa jiddiy kayfiyatda edi. Bizda muammo bo‘lmadi. Bu g‘alaba keyingi o‘sishimiz uchun muhim.
Chuqur himoyaga duch kelganda, uzoqdan ham zarba berish kerak. Militao juda yaxshi gol urdi, Kilian esa qarshi hujumda o‘zini ko‘rsatdi. Biz qadamma-qadam olg‘a bormoqdamiz va o‘smoqdamiz.
Bellingem hamda Kamavinganing maydonga qaytishi – barcha uchun, ham jamoa, ham ularning o‘zlari uchun a’lo xabar. Ular top-darajadagi futbolchilar va taqvimimiz juda zich ekanini hisobga olsak, har bir futbolchi biz uchun zarur", – dedi Alonso klub televideniesi efirida.
Fikrlar