Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Alonso qiyin g‘alabaga izoh berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Jamoa rosa qiynaldi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya chempionati 2026/2027 yilgi mavsumining birinchi turida «Fulxem» maydonida qo‘lga kiritilgan 3:2 hisobidagi g‘alabani sharhladi.

«Juda keskin, tarang o‘yin bo‘ldi. Safardagi har bir g‘alabaning qiymatini yaxshi bilamiz. Shunga qaramay, bosimga chidamli bo‘ldik, kurashni o‘z qo‘limizga oldik, hal qiluvchi paytlarda kerakli ishni bajardik. 

Shu bois his-tuyg‘ularimiz juda yoqimli. Erta urilgan gol jamoaga ishonch bag‘ishladi. Raqib hisobni tenglashtirishidan oldin ham bir necha bor farqni oshirish imkoniyatlarimiz bo‘ldi. 

To‘p nazorati bizda bo‘lmagan paytlarda ham o‘zimizni ishonchli his qildik. Darvoza oldida doimiy xavf tug‘dirib turdik, uch nafar hujumchimiz bir-biri bilan yaxshi hamkorlik qildi, golli vaziyatlar yaratdi. 

Safarda yutish uchun maydonda bor kuching bilan ishlash, oxirigacha kurashish va o‘z darvozingni himoya qilish kerak. Bularni keyingi o‘yinlarda ham davom ettirishimiz shart. Biz uchun bu juda yaxshi start bo‘ldi», — deya Alonso so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Keyingi turda «Chelsi» 30 avgust kuni o‘z maydonida «Brayton end Xouv Albion»ni qabul qiladi. «Fulxem» esa shu kuni safarda «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q