Alonso "Real"ga shart qo‘ydi
Yozda “Real” bosh murabbiyini almashtirishi mumkin. Madrid klubini boshqarayotgan Karlo Anchelotti o‘rnini Xabi Alonso egallashi ehtimoli bor. Alonso so‘nggi yillarda Germaniyaning “Baer” klubida o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda.
"Defensa Central" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Alonso “Real”ga ultimatum qo‘ygan. 43 yoshli mutaxassis Madrid klubi uning kelishi masalasini allaqachon may oyida hal qilib qo‘yishini istayapti. Agar belgilangan muddatga amal qilinmasa, Xabi Alonso kelasi mavsumni to‘liq “Bayer” bilan o‘tkazishga qaror qiladi. Umuman olganda, “Real” rahbariyati Alonso bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lsa, shoshilishi kerak.
Ta’kidlash joizki, Xabi Alonsoning “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Karlo Anchelottining Madriddagi joriy mehnat shartnomasi ham aynan shu muddatgacha amal qiladi.



Fikrlar