Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Alvarez: "Barsa" meni kut, yanvarda boraman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hali umid uzilgani yo‘q

Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares hali ham jamoasini oʻzgartirish umidini yoʻqotmagan.

Argentinalik futbolchi yozdayoq «Barselona»ga oʻtishni istagan, ammo «matraschilar» rahbariyati muzokara stoliniga oʻtirishga rozi boʻlmagan edi. Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Al’vares hanuz «Barselona» safiga qoʻshilishni maqsad qilgan. U qishki transfer oynasi ochilishi bilan, yanvar oyida oʻzi kutgan kelishuv amalga oshishiga umid qilmoqda.

Hans-Diter Flik qoʻl ostidagi jamoa bu mavsumda juda samarali oʻyin koʻrsatayotganiga qaramay, Kataloniya klubi rahbariyati Al’varesni hujum chizigʻini kuchaytirish uchun qiziqarli nomzod sifatida koʻrishda davom etmoqda. 

Xabarlarga koʻra, ushbu transfer boʻyicha ishlar yil oxiriga borib yana faollashishi mumkin. Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchining bozor qiymatini 120 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q