
Amirbek Bakaev faoliyatini "Slutsk"da davom ettiradi
Amirbek Bakaev faoliyatini Belorusning "Slutsk" klubida davom ettiradi. 20 yoshli hujumchi ushbu jamoa bilan 2025 yilning oxirigicha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Oxirgi uch mavsumda Bakaev "Energetik-BGU" safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 7 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Bakaev "So‘g‘diyona U18" jamoasidan Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar