Amorim: "MYuga ishonch va tajovuzkorlik etishmayapti"

  • 20.09.2025 18:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaga nimalar etishmayotgani haqida fikr bildirdi.

"Gap ishonch, o‘zini ishontirish va tajovuzkorlik haqida ketmoqda. Ba’zan bunga omad deb ham aytamiz. "Liverpul" deyarli har bir o‘yinda 90-daqiqada g‘alaba qozonadi. Bu g‘alaba qozonadigan jamoalarda bo‘ladigan tuyg‘u – albatta, nimadir sodir bo‘lishi kerakdek hissiyot. Bizda esa ba’zan teskarisini sezaman. Biz yaxshi o‘ynaymiz, lekin bir narsa yomon bo‘ladi.

Buni g‘alabalar orqali o‘zgartirishimiz kerak. "Manchester Siti" va "Fulxem"ga urilgan gollarni ko‘rib chiqsak... "Byornli"ga gol urdik, yaxshi o‘ynayapmiz, lekin natijada durang bo‘ldi. Bu vaziyatlarning barchasida yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bu bizning aybimiz". — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!