
Ana holos! Boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni “Bellator” da jang o‘tkazmoqchi
Boks bo‘yicha qizlar o‘rtasida ikki karra Olimpiada chempioni, professional yo‘nalishda o‘rta va ikkinchi o‘rta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan, AQShlik Klaressa Shilds kelasi yili “Bellator” turnirida jang o‘tkazish niyatida ekanligini oshkor qildi.
"Men MMAdagi debyutimni 2020 yil sentyabr oyiga rejalashtirmoqdaman. Hozirda kurashdan saboq olayapman. Kelasi oy aralash yakkakurashlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini boshlayman. Qolaversa, bir qator zarbalar ustida ham ishlayman. Shunday qilib, kelgusi yili sentyabr oyida men tayyor bo‘laman! U erda ayollar ko‘proq hurmat va pulga ega bo‘lishadi”,-dedi Shilds bloodyelbow.com.ga.
Ma’lumot uchun,24 yoshli Shilds 2012 va 2016 yillarda Olimpiada o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar