Ana xolos! Messi aeroportda muxlislar bilan janjallashib ketdi

  • 08.05.2019 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” sardori Lionel Messi kecha EChL yarim finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng kataloniyalik muxlislar bilan janjallashdi.

Argentinalik futbolchi kechagi bahsdan so‘ng doping tekshiruvlari sabab biroz muddat ushlanib qoldi va aeroportga jamoa a’zolaridan alohida tarzda bordi. Messi aynan ana shu erda ishqibozlar bilan janjalga bordi. Muxlislarning unga tashlanishi futbolchining o‘zini tutib turolmasligiga sabab bo‘ldi.

Vaziyatga Messining shaxsiy menejeri Pepe Koste aralashdi va Leoni boshqa yo‘llar orqali muxlislar qurshovidan olib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” o‘z maydonida garchi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsada, javob bahsida 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!