Ana xolos! "Real" ashaddiy raqib "Barsa" yulduzini olmoqchi

  • 21.07.2026 19:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» rahbariyati «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Ferran Torresning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

L’Equipe nashri ma’lumoticha, madridliklar futbolchiga birinchi marta ancha oldin - u hali «Valensiya» tarkibida o‘ynagan paytlardanoq qiziqish bildirgan. Ammo o‘sha vaqtda Ferran Pep Gvardiola qo‘l ostida ishlash istagi bilan «Manchester Siti»ni tanlagan edi.

Manbalarga ko‘ra, shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladigan Torres «Barselona» tomonidan bitimni uzaytirish bo‘yicha jiddiy qiziqish sezmayapti. Aytilishicha, u yarim yildan ortiq vaqt mobaynida sport direktori Deku bilan umuman muloqot qilmagan.

Ferranga bo‘lgan talab jahon chempionatigacha yoq oshgan: qator yetakchi klublar, jumladan PSJ, uni o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan. Shunga qaramay, parijliklar haligacha «Barselona»ga rasmiy taklif yo‘llamagan, chunki ular transfer bozoridagi boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar Torresni taxminan 50 million yevro atrofida baholamoqda. Shu bilan birga, klub futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish imkoniyatini ham ochiq qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionati finalida Ispaniya – Argentina uchrashuvida (1:0) Ferran Torres 106-daqiqada yagona va g‘alabali gol muallifi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!