Ana xolos! "San-Siro" buzib tashlanadi

  • 24 iyun, 2019, 17:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Milan shahrining ko‘rki, “Inter” hamda “Milan” klublari o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan afsonaviy “San-Siro” stadioni buzib tashlanadi. Bu xabarni Milan grandlari tasdiqlashdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq “rossonerilar” va “neradzurrilar” birgalikda yangi arena barpo etish bo‘yicha kelishib olishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Biz eskisining yonida yangi stadion barpo etamiz. “San-Siro” buzib tashlanadi, uning o‘rniga esa yangi binolar quriladi”, - “Milan” prezidenti Paolo Skaroni.

"Inter" prezidenti Alessandro Antonello ham hamkasbining so‘zlarini tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
★xodillo★
24/06/2019 23:18
Ex afsus
&
Abdulaziz AC Milan
24/06/2019 18:09
Navbahordan keyin ikkinchi raqamli jamoam bu-Milan. Roppa rosa chorak asr bo'ldi shu klubga muxlislik qilishni boshlaganimga. Bu tarixiy stadionda o'tgan ne-ne o'yinlarni ko'rmadim. Eh-he.... Xayr San Siro!
&
Navbahor\ RealMadrid
24/06/2019 17:43
Ajoyib stadionku San-Siro