
Ana xolos! Shomurodovni eng zo‘r hujumchilar qatoriga qo‘shishmadi
Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobi bosh direktori Ilya Gerkus uch nafar eng zo‘r hujumchini tanladi.
- Dzyuba, Smolov va Kokorin Rossiyadagi eng zo‘r hujumchilar. Shomurodov ular qatorida emas. Chunki biz Rossiya pasportiga ega forvardlar haqida gapiryapmiz. Ari esa yuqorida aytilgan futbolchilar darajasida to‘p surolmaydi, - dedi Ilya Gerkus.
Shu o‘rinda, bir necha mutaxassislar futbolchining qaysi mamlakatdan ekani inobatga olinmagan so‘rovlarda Eldor Shomurodovni Rossiya premer-ligasidagi eng kuchli uch futbolchidan biri sifatida e’tirof etadi.
Fikrlar