Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Anchelotti Neymar bo‘yicha bayonot berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Anchelottiga ko‘ra, jarohatdan tiklanayotgan Neymar Braziliya – Yaponiya o‘yinida kamida 15 daqiqa maydonga tushishi mumkin.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi, italyalik mutaxassis Karlo Anchelotti "Jahon chempionati – 2026" musobaqasining 1/16 finali oldidan hujumchi Neymarning holati haqida ma'lumot berdi. Bu bosqichda braziliyaliklar Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Uning ahvoli kun sayin yaxshilanyapti. Oxirgi kunlarda jiddiy siljish kuzatildi. Neymar maydonda 15 daqiqadan ko‘proq o‘ynay oladi. Uning o‘yinga tushirilishi uchrashuv qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi", – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Braziliya – Yaponiya bahsi dushanba, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 22:00 ga belgilangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q