Anchelotti Neymarni JCh-2026 rejalaridan chiqardi — hozircha chaqiruv yo‘q

  • 04.04.2026 13:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Santos" hujumchisi Neymarni 2026 yildgi Jahon chempionati uchun tarkibga qo‘shishni hozircha rejalashtirayotgani yo‘q.

Bu haqida "Globo" jurnalisti Andre Loffredo ma'lum qildi. Unga ko‘ra, italyalik mutaxassis Neymar atrofidagi muhokamalarni tushunmayapti va futbolchini JCh uchun ko‘rib chiqayotgan nomzodlar ro‘yxatiga ham kiritmagan. Bu xabar bugungi manbalarda ham keng tarqaldi.

Jurnalistning ta'kidlashicha, Neymarni tarkibga chaqirish haqidagi chaqiriqlar asosan uning avvalgi yillardagi darajasi va muxlislarning eski Neymarni yana ko‘rish istagi bilan bog‘liq.

"Anchelotti hatto Neymarni jahon chempionatiga chaqirish haqida o‘ylamayapti. Bu uning rejalariга kirmaydi va u bu atrofdagi shov-shuv sababini ham tushunmayapti.

Neymarni tarkibga qo‘shish haqidagi chaqiriqlar tushunarli, chunki bu uning oldingi yillardagi obrazi va muxlislarning ancha vaqtdan beri ko‘rinmayotgan Neymarni yana ko‘rish istagi bilan bog‘liq. Ammo Anchelotti so‘nggi oylardagi o‘yinlarga baho bermoqda va Neymarning bu davrdagi ko‘rsatkichlari uni yakuniy tarkibga yaqinlashtirmayapti", — dedi jurnalist.

Shu bilan birga, 34 yoshli hujumchi Braziliya chempionatining joriy mavsumida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 1 assist qayd etgani uning hali ham bahs markazida qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!