Anchelotti Ramosning qarori haqida gapirdi

  • 26 fevral, 2023, 07:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Serxio Ramosning Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi.

"Futbolchi yaxshi formada bo‘lsa, yoshi muhim emas. Buffon 17dan 40 yoshgacha yuqori darajada o‘ynadi. Maldini bilan ham shunday bo‘ldi: 39 yoshida u haftada bir marta mashg‘ulot o‘tkazdi, lekin baribir maydonga tushdi, chunki u boshqalardan ustun edi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 180 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol kiritishni uddalagan. Mashhur himoyachi "qizil furiya" bilan 2010 yilda jahon chempioni, 2008 va 2012 yillarda Evropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!