
Anchelotti “Real” kutmagan qarorga keldi
Evropa matbuotida “Real” rahbariyati Karlo Anchelotti bilan xayrlashishi mumkinligi, yozda uning o‘rniga Xabi Alonso kelishi, ungacha jamoani Sebastyan Solari boshqarib turishi haqida ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.
Todofichajes nashri italiyalik murabbiyning o‘z kelajagi bo‘yicha qanday qarorga kelgani haqida axborot chiqardi.
Unga ko‘ra, Karlo Anchelotti klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlangunga qadar “Real” bosh murabbiyi bo‘lib ishlamoqchi. Bu kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Karlo Anchelotti madridliklarga 2021 yildan beri ustozlik qilib keladi. O‘tgan mavsumda “Real” uning qo‘l ostida Ispaniya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar