Anchelotti: «Yaponiya — juda kuchli raqib»
Muhammadqodir Ruzmatov
Anchelotti Yaponiyani juda kuchli raqib deb baholab, Braziliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida keskin bellashuv kutmoqda.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiyaга qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yaponiya — juda kuchli raqib. So‘nggi yillarda ular qanday yaxshi o‘ynayotganі va rivojlanayotganini namoyish etib kelmoqda. Buni Jahon chempionatida ham ko‘rish mumkin edi. Ularning tarkibida ajoyib futbolchilar bor, shu bois bizni juda keskin bahs kutmoqda», — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 14 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da boshlanadi.
Izohlar (0)