Anderson APL tarixidagi eng qimmat transferga aylanmoqda

  • 25.06.2026 04:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nottingem Forest" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, transfer qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Shu tariqa, 23 yoshli futbolchining ko‘chishi Angliya Premier-ligasi tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etiladi.

Anderson o‘tgan mavsum "Nottingem Forest" safida barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘ldi.

U 2024 yilda "Nyukasl"dan 41 million yevro evaziga "Nottingem Forest"ga o‘tgan edi.

Avvalroq muzokaralar transferni iyul oyida rasmiylashtirish istagi sababli sekinlashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa tomonlar kelishuvni yakunlash arafasida turibdi.

Agar bitim rasmiy tasdiqlansa, Anderson nafaqat "Manchester Siti" tarixidagi, balki butun Angliya Premier-ligasi tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!