"Andijon" rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi
"Andijon" rahbariyatida oʻzgarish amalga oshirildi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Bungacha klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Elbek Samatovning sport direktori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning oʻrniga “Andijon” PFK bosh direktori sifatida Ziyod Shuhratovich Mashrapov tayinlanganini maʼlum qilamiz.
Ziyod Shuhratovich 1988-yilning 11 may sanasida Andijon shahrida tavallud topgan.
Maʼlumot uchun, Ziyod Shuhrtarovich bunga qadar Andijonda “Asakabank”, “MakrofarmAndijon MChJ” korxonalarining boshqaruv tizimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda esa “MED SITI” sihatgohi rahbari.
Ziyod Shuhratovich “Andijon” klubiga befarq emas va doim jamoa uchun jon kuydirib, qoʻllab-quvvatlab kelgan tadbirkorlardan hisoblanadi.
Ayirish lozimki, oʻz vaqtida jamoa aʼzolari muhtasham “MED SITI” sihatgohidan qarorgoh sifatida ham foydalanib kelishgan.
Biz Ziyod Mashrapovga “Andijon” klubi bosh direktori lavomizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz", - deyiladi xabarda.



Fikrlar