"Andijon" raqibini ayab o‘tirmadi

  • 11 iyun, 2023, 00:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonda tayyorgarlik olib borayotgan “Andijon” u erdagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini Tojikiston birinchi ligasi vakili – “Parvoz” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Har jihatdan raqibidan ustun bo‘lgan andijonliklar raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdilar. Avvaliga Suhrob Berdiev penaltidan hisobni ochdi. Shundan keyin iqtidorli hujumchi Izzat Abdulhaqov uchta gol urdi. Uchrashuvga yakun yasagan gol muallifi esa Asilbek Aysarov bo‘ldi.

“Andijon” tarkibi: Mohir Komilov, Islom Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Abduvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov, Farhod Bekmurodov, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Sardor Abdunabiev, Suhrob Berdiev, Izzat Abdulhaqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodari Kavtaradze, Sardor Azimov, Jasur Abdusattorov, Saidumar Sodiqov, Rubin Xebay, Abdulatif Oybekov, Ilhom Abdug‘aniev, Asilbek Aysarov, Bobur Farhodov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!