"Andijon" va "So‘g‘diyona" ishtirokidagi bahs yubiley o‘yinga aylanadi

  • 21.09.2025 12:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun “Andijon” jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi.

Ushbu jamoalar milliy chempionatimizda shu kunga qadar 49 ta o‘yinda qatnashishgan bo‘lib, navbatdagisi yubiley - 50-uchrashuvga aylanadi.

Hozirgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Andijon” 17 ta, “So‘g‘diyona” esa 20 ta bahsda g‘alaba qozongan. Yana 12 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 66\69 jizzaxliklar foydasiga.

Bu yil birinchi davrada “So‘g‘diyona” maydonidagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘olib chiqqan. "Andijon" so‘nggi bor ushbu raqibini o‘z uyida 2016 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchratgan. O‘shanda “Andijon” 3:0 hisobida ustunlikka erishgan. 

Eslatib o‘tamiz, "Andijon" - "So‘g‘diyona" o‘yini bugun soat 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!