
andijon viloyatida "kelajagimiz umidlari" bolalar festivali o‘tkazildi
Andijon viloyatida o‘tkazilgan festivalda umumta’lim maktablarning 3-4 sinf iborat 200 nafar bolalar ishtirok etishdi. Festival Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar o‘smirlar sport maktabida o‘tkazildi.
Festivallar tashkil etishdan maqsad bolajonlarni futbolga jalb qilish, mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va umumta’lim maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni tanlab olib, futbol maktablariga tavsiya qilishdan iborat.
Tadbir so‘nggida taqdirlash marosimida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Futbolni rivojlantirish departamenti mutaxassisi Jahongir Amirjonov, viloyat futbol assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Bekzod Karimov, viloyat futbol akademiyasi direktori Nasibullo Madrahimov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Otabek Toshpulatov ishtirok etib, bolajonlarga turli sovg‘alar va sertifikatlar topshirishdi.
Fikrlar