Andrea Petkovich Shtutgartdagi yurishini boshladi

Germaniyalik tennischi Andrea Petkovich Shtutgart shahrida o‘tayotgan "Porsche Tennis Grand Prix" turnirida ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Andrea mazkur bosqichga chiqish uchun ispaniyalik Sara Sorribes-Tormo bilan raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Petkovich raqibin 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa A.Petkovich musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurti Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!