
Ange Postekoglu: "Uni doimo to‘liq qo‘llayman"
Ange Postekoglu Brennan Jonsonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Gap shundaki, "Tottenxem" vingeri APL doirasidagi "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng haqoratlarga uchragan va instagramdagi sahifasini o‘chirib tashlagan edi.
“Bu odatiy holga aylangani meni g‘azablantirmoqda. Biz hozir o‘ziga ishonchi yo‘q yosh yigit haqida gapiryapmiz. Ishlar u xohlagandek bo‘lmadi. Lekin u har kuni qattiq mexnat qiladi. Ammo bu holat unga juda og‘riqli.
Xo‘sh, u nimani noto‘g‘ri qildi? Gap shundaki, u o‘zidan kutilgan darajada o‘ynamayapti. Professional futbolchi bu borada tanqidni kutishi kerak. Sababi rivojlanishning bir qismi. Brennan hali yosh. Menimcha, u ko‘proq narsaga qodir va biz uni rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz.
Men bu vaziyatni tushunmayapman. Boshqa odamni haqorat qilish uchun siz kim bo‘lishingiz kerak? Internetda anonim ravishda xaqorat qilish juda rasvo. Ular o‘zligini yashirishadi. Afsuski, bu biz yashayotgan dunyo.
Men Brennanga qaraganimda, eng yaxshi bo‘lish uchun bor kuchini sarflayotgan yosh yigitni ko‘raman. Bu har doim ham muvaffaqiyatga kafolat bermaydi. Lekin u ajoyib yigit va futbolchi. U biz uchun ancha ish qila olishiga doimo ishonch bilan qarayman", - dedi "Tottenxem" bosh murabbiyi.
Fikrlar