Angliya klubi “Roma”dan hujumchi oladi
“Roma” rahbariyati joriy mavsumni bo‘sh o‘tkazayotgan Temmi Abraxamdan voz kechishga tayyorligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
O‘tgan yozda angliyalik to‘purarni bir necha grand klublar so‘ragan, lekin rimliklarni uni olib qolgan edi.
Hozir bu xaridorlarning aksariyati fikrini o‘zgartirgan. Lekin “Aston Villa” hamon Abraxamni o‘z safida ko‘rmoqchi.
Abraxamni tarbiyalagan “Chelsi”da 2023 yilning yozida uni 80 million evroga sotib olish huquqi bor. Lekin londonliklar ham ko‘rsatkichlari pasayib ketgan o‘yinchini qaytarish fikridan voz kechdi. Bu vaziyatdan “Aston Villa” foydalanib qolmoqchi.
Fikrlar