Angliya terma jamoasi xavfdan ogohlantirildi

  • 14.06.2026 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«The Athletic» nashri xabar berishicha, shanba kuni kechqurun Angliya terma jamoasiga Kansas-Siti atrofida tornado xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilinganidan so‘ng binolarni tark etmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 20:00 larda ingliz delegatsiyasi a’zolari telefonlariga AQSh Milliy meteorologik xizmati tomonidan avtomatik ogohlantirish xabarlari kelgan. Ularda «kuchli tornado xavfi» tilga olingan va odamlarga mustahkam binolarda, oynalardan uzoqroq joyda panoh topish tavsiya etilgan.

Bu qaror kuchli shamol xavfi — soatiga 80 milgacha (taxminan 130 km/soat) yetishi mumkin bo‘lgan shamol porivlari tufayli qabul qilingani aytilmoqda.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, barcha ehtiyot choralari musobaqa uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan delegatsiya a’zolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Shu bilan birga, 2026 yildgi jahon chempionati oldidan Nyu-York shahrida Braziliya terma jamoasi muxlislari ishtirokidagi tadbirlar ham davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!