Angliya terma jamoasining umidli himoyachisi "Liverpul"ning radarida

  • 26 yanvar, 2024, 12:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi yozda "Liverpul"ga o‘tishi mumkin. Mersisaydliklar joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng himoya chizig‘ini yangilashni rejalashtirmoqda va Gexi ehtimoli yuqori bo‘lgan transferlardan biri sifatida qaralmoqda, deya xabar beradi jurnalist Devid Anderson.

23 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Tottenxem” kabi granlar ham da’vogarlik qilmoqda.

Mark joriy mavsumda “Kristal Pelas” safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. 2022 yildan beri markaziy himoyachi Angliya terma jamoasiga taklif qilinmoqda va u to‘qqizta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurdi. Transfermarkt portali 23 yoshli himoyachini 38 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!