Angliyalik futbolchi 35 yoshida vafot etdi
Angliyalik yarim himoyachi Piter Uittingem 35 yoshida olamdan o‘tdi. Bir hafta oldin u zinadan yiqilib, boshidan jiddiy jarohat olgan edi. Shifokorlarning harakatlariga qaramay u hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lumot uchun, Uittingem "Aston Villa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyatining asosiy qismini "Kardiff" klubida o‘tkazdi. U ushbu jamoada 400 ta o‘yinda maydonga tushdi.
U shuningdek "Byornli", "Derbi Kaunti" va "Blekbern Roverz" klublarida ham o‘ynagan. Angliya yoshlar terma jamoasida esa 17 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar