Angliyaning eng qo‘pol jamoasi qaysi?
Futbol statistikasi bilan shugʻullanuvchi Squawka portali X ijtimoiy tarmogʻi orqali Angliya Premier-ligasining eng qoʻpol jamoalari haqidagi maʼlumotlarni tarqatdi.
Unga koʻra, joriy mavsumda Angliya chempionatida hozirgacha boʻlgan uchrashuvlarda eng koʻp qizil kartochka olgan jamoa “Chelsi” hisoblanadi. “Aristokratlar” musobaqa davomida jami olti marta maydondan haydalgan.
Keyingi oʻrinda toʻrtta qizilgan kartochka bilan “Everton” joylashgan. Mersisaydlik futbolchilardan toʻrt nafari qilmishi uchun uchrashuvni majburan tark etgan.
Uchinchi oʻrindan ikki jamoa – uchtadan qizil kartochka bilan jazolangan London klublari – “Tottenxem” va “Vest Xem” joylashdi. “Tottenxem” sardori Kristian Romero chempionat davomida ikki marta maydondan haydaldi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov oʻynayotgan “Manchester Siti”da maydondan chetlatilgan oʻyinchilar yoʻq. Jamoaning eng qoʻpol oʻyinchisi sifatida Bernardu Silvani koʻrsatish mumkin. Sardor 27 ta uchrashuvda jami 8 marta ogohlantirish olgan.
Premier-liganing 13 ta uchrashuvila maydonga tushgan Abduqodir Husanov hisobida esa bir juft sariq kartochka bor.
Fikrlar