Anjelik Kerber: Bilaman, finalda meni kutishmoqda

Germaniyalik Anjelik Kerber “WTA Apia International Sydney – 2018” turnirining yarim finalida italiyalik Kamila Jorjini mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur uchrashuvda Anjelik raqibiga nisbatan tezkor o‘yin ko‘rsatdi. Nermaniyalik tennischi nazoratida o‘tgan o‘yin 6:2, 6:3 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib kelgan Kerber finalda avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!