Anri "Arsenal"ni tanqid qildi: "Bu men bilgan jamoa emas"
APLning 33-tur markaziy uchrashuvida "Arsenal" safarda "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng "kanonirlar" afsonasi Tyerri Anri bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu o‘yin meni xafa qildi. “Arsenal” futbolchilari bunday muhim bahsda na energiya, na xarakter ko‘rsata oldi. Ular “Manchester Siti”ga tashabbusni to‘liq berib qo‘ydi va o‘yinni nazorat qilish imkonini taqdim etdi. Agar chempion bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, katta o‘yinlarda o‘zingizni ko‘rsatishingiz kerak. Mehmonlar buni uddalay olmadi va mag‘lub bo‘ldi. Bu men bilgan “Arsenal” emas", — dedi fransiyalik sobiq hujumchi.
Ushbu mag‘lubiyatga qaramay, Mikel Arteta shogirdlari turnir jadvalida peshqadamligini saqlab qoldi. "Manchester Siti" esa bir o‘yin kam o‘tkazgan holda peshqadamdan uch ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar