Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan "So‘gdiyona" o‘rtoqlik o‘yiniда mag‘lubiyatga uchradi
"So‘gdiyona" jamoasi bugun Turkiyada olib borilayotgan yig‘in doirasida Qozog‘istonning "Altay" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu xususida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda jizzaxliklar ustozi Ivan Boshkovich asosan yosh futbolchilarning imkoniyatlari ko‘zdan kechirdi, bahs natijasi ham aynan shu jarayon bilan bog‘liq bo‘ldi.
O‘yin 0:2 hisobida "Altay" foydasiga hal bo‘ldi.
"So‘gdiyona"ning birinchi bo‘limdagi tarkibi: Shohruh Isoqov, Zoir Jo‘raboev, Otabek Ahadov, Doniyor Erkinov, Abdulaziz Abdurashidov, Dilshod Misraliev, Sardor Erkinov, Sardor Hoshimov, Abduazim Ortiqov, Lyupcho Doriev, Ulug‘bek Kenjaev.
Fikrlar