Asosiy mazmunga oʻtish
Antonio Konte Italiyaga qaytishi mumkin

Antonio Konte Italiyaga qaytishi mumkin

Ayni paytda ishsiz yurgan Antonio Konte Italiyaga qaytishi mumkin. Unga "Napoli" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning ta’kidlashicha, 54 yoshli mutaxassis bilan neapolliklar muzokaralarni boshlagan. Ammo murabbiy tomonidan hali so‘nggi qaror qabul qilinmadi. 

Eslatib o‘tamiz, Konte uchun Italiya futboli begona emas. U faoliyati davomida "Yuventus" va "Inter" kabi klublar va "skuadra adzurra"ga ustozlik qilgan. Shuningdek, Antonio so‘nggi bora "Tottenxem"da ishladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q