Antonio Ryudigerning «Real»dagi kelajagi ma'lum
Antonio Ryudiger kelasi yozda shartnomasi tugab, «Real»ni tark etishi kutilmoqda.
«Real» jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger kelasi yozda klubni tark etishi mumkin. Uning kelajagi bo‘yicha ma’lumotni jurnalist Xorxe Pikon oshkor etdi.
Manbaga ko‘ra, Ryudigerning «Real»dan ketish ehtimoli klubda qolishidan ancha yuqori. «Qaymoqranglilar» murabbiylar shtabi nemis futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor.
Hozirda Ryudiger 33 yoshda. Kelasi yozda uning «Real» bilan tuzgan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. Klub himoyachi bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Izohlar (0)