Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Antoniu Silva Angliya jamoasiga o'tadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi sinovlar kutmoqda

«Benfika» markaziy himoyachisi Antoniu Silva yaqin orada «Bornmut» safini to‘ldirishi kutilmoqda. Bu haqida Footmercato nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klublar 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Asosiy to‘lov 25 million yevroni tashkil etadi, yana 5 million yevro turli bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Yaqin kunlarda Portugaliya terma jamoasi a’zosi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Antoniu Silva «Benfika» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng nihoyasiga yetardi. Himoyachi Portugaliya milliy jamoasi safida 22 ta o‘yin o‘tkazgan.

O‘tgan mavsumda Silva klub darajasida 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi, bir bor gol urdi, bir marta golli pas berdi va 8 marta ogohlantirish oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q