
APL. "Chelsi" - "Arsenal": Kuchlar teng keldi
APLning 11-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar durangga imzo chekdi.
Dastlab, Martinelli ajoyib goli bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Netu uzoq masofadan zarba yo‘llab, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "kanonirlar" turnir jadvalida 3, "aristokratlar" esa to‘rtinchi o‘ringa joylashdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q