APL. Dastlab gol o‘tkazib yuborgan "Liverpul" yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 22.02.2024 03:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

APLning 26-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Luton" bahsi mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Dastlab, Ogbene hisobni ochgan bo‘lsa, Van Deyk imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Gakpo jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan keyin Dias va Elliot ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "qizillar" 60 ochko bilan peshqadamlikni mustahlab qo‘ydi. 

"Liverpul" 4:1 "Luton"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!