APL grandlari narxi 100 million evro turadigan futbolchini talashmoqda
APLning etakchi klublari "Leyptsig" safida harakat qilayotgan Yan Domandening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, 19 yoshli hujumchini "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Tottenxem" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Nemis klubi Yanga 100 million evrodan ortiq takliflar tushsa, transfer masalasini ko‘rib chiqishni ma’lum qilgan.
Domandening ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, vinger joriy mavsum "Leyptsig" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar