Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

APL "Manchester Siti"ning iltimosini rad etdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

"Shaharliklar" taqvimida zichlik vujudga keldi

"Manchester Siti"ning Angliya Kubogi finaliga chiqishi Premier-ligadagi "Bornmut"ga qarshi mehmon oʻyini qoldirilishiga sabab boʻldi. Shu tariqa, "shaharliklar"da endi ikki qoldirilgan uchrashuv mavjud.

Bundan avval Angliya Liga kubogi finali tufayli Xosep Gvardiola jamoasining "Kristal Pэlas"ga qarshi uy bahsi ham boshqa sanaga koʻchirilgandi. Endi har ikki uchrashuv 13 va 19 may oraligʻida hafta oʻrtasida oʻtkazilishi kutilmoqda.

Dastlabki rejaga koʻra, "Manchester Siti" 13 may kuni "Kristal Pэlas"ni qabul qiladi, 19 mayda esa "Bornmut" mehmoni boʻladi. 16 may kuni esa jamoa Angliya Kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

"Business Upturn" xabariga koʻra, "Manchester Siti" qoldirilgan chempionat oʻyinlari tartibini oʻzgartirishni soʻragan, ammo APL bu iltimosni rad etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q