
APL moliyaviy qoidalarga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda
Angliya Premer-ligasi raqobat va ommaviy huquqqa muvofiqligini ta’minlash maqsadida moliyaviy qoidalarning ayrim bandlariga o‘zgartirishlar kiritmoqchi. Bu haqda "SkySports" xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, avvalroq, "Manchester Siti" assotsiatsiyalangan tomonlar bilan bitimlar bo‘yicha APL qoidalariga e’tiroz bildirgan edi. Shu munosabat bilan keyingi payshanba kuni aktsiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishi mumkin.
Premer-liga 20 ta klubga murojaat qilib, dushanba kuni ular kelgusi haftadagi rejalari haqida ma’lumot olishlarini ma’lum qildi.
Fikrlar