APL. Xoland to‘purar, Brunu eng yaxshi assistent bo‘ldi

  • 24.05.2026 22:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining 2025/26 yilgiy mavsumi yakunlandi va individual sovrin sohiblari ma'lum bo‘ldi.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand 35 ta uchrashuvda 27 ta gol urib, chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ikkinchi o‘rinni esa “Brentford” forvardi Igor Tiago 22 ta gol bilan egalladi.

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandes 21 ta golli uzatma amalga oshirib, mavsumning eng yaxshi assistenti bo‘ldi va yangi APL rekordini o‘rnatdi.

“Arsenal” darvozaboni David Raya esa 19 ta “quruq” o‘yin qayd etib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ligada peshqadamlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!